Ushbu maqolada yugurish texnikasining nazariy va amaliy asoslari, uning sportchilarning jismoniy ko‘rsatkichlariga ta’siri, hamda samaradorligini oshirish yo‘llari tahlil qilinadi. Yugurish harakatining biomekanik tahlili asosida texnik xatoliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish usullari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, yugurish texnikasini takomillashtirishda tayyorgarlik darajasi, tana holati, oyoq harakati va nafas olishning o‘rni haqida ilmiy asoslangan fikrlar bayon etiladi. Maqolada ilg‘or sportchilar va trenerlar tajribasi hamda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari ham o‘rganilgan.