O`zaro ta’sir natijasida tilning barcha bo`limlarida: fonetika, leksika, grammatika kabilarda o`zgarishlar yuz beradi. Tildagi o`zgarish va rivojlanish tilning leksikasida kuchli bo`ladi. O`zlashgan so`zlar har bir til leksikasida anchagina miqdorni tashkil etadi. Keyingi yillarda tilning leksik tarkibini so`z yasashdan ko`ra boshqa tillardan so`z o`zlashtirish hisobiga boyishi etakchilik qilmoqda. Ushbu maqolada o’zlashma qatlam va leksikaning boyishida o’zlashma so’zlarning ahamiyati xususida fikr yuritiladi.
2023-01-10