Ushbu maqolada sentiment tahlili uchun lingvistik ta’minotni ishlab chiqishda annotatsiyalash sxemasi va ko‘rsatmalarni yaratish masalalari tahlil qilinadi. Taklif etilgan sxema matnlarning baholovchi xususiyatlarini aniqlash, ya’ni ijobiy, salbiy va neytral munosabatlarni belgilash imkonini beradi. Shuningdek, emotsional-ekspressiv birliklarning identifikatsiyasi ham ko‘zda tutiladi. Annotatsiyalash jarayonini standartlashtirish uchun ishlab chiqilgan ko‘rsatmalar annotatorlarning bir xil yondashuvni qo‘llashiga yordam beradi va izchillikni ta’minlaydi. Tadqiqot natijalari o‘zbek tili matnlarini sentiment tahlil qilishda samarali lingvistik resurslarni yaratishda qo‘llanishi mumkin.
2025-08-31