Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям теоретических и прикладных наук в странах Центральной Азии. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для международных ученых, и она направлена ​​на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках и пройти тщательную рецензию.

Nashr qilingan: 2025-07-05

XORIJIY ISLOM BANKI TAJRIBASI ASOSIDA O‘ZBEKISTONDA ISLOM BANKCHILIGINI JORIY ETISH AMALIYOTI TAHLILI

Ushbu maqolada xorijiy islomiy banklar, xususan, Saudiya Arabistonining “Al Rajhi” islom banki tajribasi asosida O‘zbekistonda islom bankchiligini joriy etish imkoniyatlari va amaliy mexanizmlari tahlil qilinadi. Islom moliya tizimi, ayniqsa islom bankchiligi, foiz (ribo)dan voz kechish, foyda va zararni adolatli taqsimlash, shariat qoidalariga rioya qilish kabi tamoyillari bilan moliyaviy risklarni kamaytirish, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Tadqiqotda Al Rajhi bankining asosiy moliyaviy xizmatlari, institutsional tuzilmasi, bank mahsulotlari va ular orqali aholiga taqdim etilayotgan shariatga mos xizmatlar tahlil qilingan. Shuningdek, ushbu tajribaning O‘zbekiston sharoitida qo‘llanishi natijasida, islom bankchiligi O‘zbekiston moliya bozorida an’anaviy banklarga muqobil sifatida joriy etilishi aholi ishonchini oshirish va moliyaviy inkluzivlikni kengaytirishda muhim omil bo‘lishi mumkinligi asoslab berilgan.

Sa’dullayeva Gulnoza Usmonovna

7-15

2025-07-07

INFLATSIYA DARAJASINING AHOLI TURMUSH DARAJASIGA TA’SIRI

Mazkur maqolada inflyatsiya tushunchasi, uning iqtisodiy mohiyati va turlari, shuningdek, inflyatsiyaning aholi turmush darajasiga bevosita ta’siri har tomonlama tahlil qilingan. Xususan, inflyatsiyaning real daromadlarga ta’siri, ijtimoiy oqibatlari, jamiyatda vujudga keltiradigan iqtisodiy tengsizlik va moliyaviy beqarorlik kabi jihatlar keng yoritilgan. Shuningdek, maqolada davlat tomonidan inflyatsiyani jilovlashga qaratilgan monetar va fiskal siyosat choralari, ularning samaradorligi, hamda ijtimoiy himoya mexanizmlarining ahamiyati alohida ko‘rib chiqilgan. Analitik yondashuv asosida inflyatsiyaning ko‘p qirrali ta’siri o‘rganilgan va aholining farovonligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy choralar asoslab berilgan.

Madyarova Ayjamal Toktarbayevna

16-19

2025-07-07

ОЛИЙ ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТЛАРИНИ АКЦЕИОНЕРЛИК ЖАМИЯТИ ШАКЛИДА ТАШКИЛ ҚИЛИШНИНГ ЎЗИГА ХОС ЖИҲАТЛАРИ

Мақолада олий таълим ташкилотларининг тадбиркорлик фаолиятининг ҳуқуқий асоси ва ташкилий ҳуқуқий жиҳатлари тадқиқ қилинган. Шунингдек, давлат олий таълим муассасаларини акциядорлик жамияти шаклида қайта ташкил этиш истиқболлари, бундан кутиладиган ижобий натижалар ҳамда юзага келиши мумкин бўлган хавф-хатарлар ўрганилган. Хорижий давлатлар тажрибаси ўрганилиб, миллий қонунчиликни такомиллаштиришга оид таклифлар илгари сурилган.

Э.О.Хомидов

20-26

2025-07-07

UZBEKISTAN–EUROPEAN UNION COOPERATION ON MIGRATION AND BORDER SECURITY: POLITICAL APPROACHES AND PRACTICAL INITIATIVES

This article explores EU–Uzbekistan cooperation on migration and border security, analyzing projects like BOMCA and MIEUX, and assessing challenges, institutional impact, and future prospects.

Sanjar Obidov

27-33

2025-07-18

“AKSIYADORLAR HUQUQLARI VA ULARNI HIMOYA QILISH MEXANIZMLARINING TAKOMILLASHUVI”

Ushbu maqolada O‘zbekistonda aksiyadorlar huquqlarini takomillashtirish va ularni himoya qilish mexanizmlarining samaradorligini oshirish masalalari tahlil qilinadi. Maqolada milliy qonunchilik asoslari, institutsional kafolatlar, so‘nggi islohotlar va mavjud muammolar ko‘rib chiqilgan. Minoritar aksiyadorlarning huquqlari, sud va nazorat organlarining himoya imkoniyatlari hamda xalqaro tajriba misollariga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqot aksiyadorlar ishonchini oshirish, korporativ shaffoflikni mustahkamlash hamda sarmoyaviy muhitni rivojlantirish maqsadida amaliy tavsiyalar ishlab chiqadi. Natijalar yuridik mutaxassislar, investorlar, siyosatshunoslar va korporativ boshqaruv sohasidagi rahbarlar uchun foydali manba bo‘lib xizmat qiladi.

Tojialiyev Sherdorbek Elmurod o‘g‘li

34-39

2025-07-21

«ШАВКАТ МИРЗИЁЕВ И КОНЦЕПЦИЯ “НОВОГО УЗБЕКИСТАНА”: СТРАТЕГИЯ ПОЛИТИЧЕСКИХ РЕФОРМ, ГРАЖДАНСКОГО ОБНОВЛЕНИЯ И УСТОЙЧИВОГО РАЗВИТИЯ»

Статья посвящена всестороннему анализу концепции «Новый Узбекистан», выдвинутой Президентом Шавкатом Мирзиёевым как стратегический курс модернизации страны. В работе рассматриваются ключевые направления политических реформ: усиление институтов демократии, обеспечение верховенства закона, развитие гражданского общества. Особое внимание уделено философии государственного строительства, основанной на принципах «человек — общество — государство». Автор анализирует системные преобразования в сфере образования, социальной политики и внешнеполитической доктрины добрососедства. В заключении подчеркивается, что концепция «Нового Узбекистана» стала отражением нового этапа национального возрождения и ориентиром устойчивого развития на ближайшие десятилетия.

АЗИЗА БОЗОРОВА

40-44

2025-07-25

CHO’L YAYLOVLARINI QISHLOQ XO’JALIGI SOHASIDA TUTGAN O’RNI VA ULARDAGI O’SIMLIK QOPLAMINI GLOBAL IQLIM O’ZGARISHI SHAROITLARIGA MOSLASHTIRISHDA RESURS TEJAMKOR TEXNOLOGIYALARNI JORIY QILISHNING USTUVOR JIHATLARI

Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasi cho’l yaylovlarining qishloq xo’jaligi sohasida tutgan o’rni, cho’l yaylovlari o’simliklarini global iqlim o’zgarishi sharoitlariga moslashtirishda qo’llanilayotgan ananaviy metodlar va ularning kamchiligi, kamchiliklarni bartaraf qilishga qarata taklif etilayotgan ilmiy yondashuvlar asosida yaratilgan resusr tejamkor texnologiya va uni qo’llash orqali qo’lga kiritilayot natijalar hamda uning iqtisodiy samadorligi borasida ma’lumotlar keltirilgan.

Qozoqov Najmiddin Isomiddinovich

45-55

2025-07-31

ПСИХИАТРИЯ МУАССАСАЛАРИДА ДАВОЛАШ ТИББИЙ ЙЎСИНДАГИ МАЖБУРЛОВ ЧОРАЛАРИ ТУРЛАРИ СИФАТИДА

Тиббий йўсиндаги мажбурлов чоралари сифатида умумий тартибли психиатрия муассасаси ҳақида ва уларни қўллаш тартиби кўриб чикилган.

Файзуллаева Т.Х.

56-63

2025-07-31

ОЗОДЛИКДАН МАҲРУМ ҚИЛИШ ЖАЗОСИНИ ИЖРО ЭТИШДА МАҲКУМЛАРНИ ИЖТИМОИЙ ФОЙДАЛИ МЕҲНАТГА ЖАЛБ ЭТИШНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ

Ушбу мақолада озодликдан маҳрум қилиш жазосини ижро этиш муассасаларида маҳкумларни замонавий касб-ҳунарларга ўқитиш орқали уларни ижтимоий реабилитация ва жамиятга қайта интеграция қилиш масалалари таҳлил қилинган. Тадқиқот давомида маҳкумларнинг меҳнат фаоллигини ошириш, уларни бозор иқтисодиёти талабларига мос касбларга ўқитиш, инфратузилмани яхшилаш, ер ресурсларидан самарали фойдаланиш ва ишлаб чиқариш қувватларини ривожлантириш орқали қайта жиноятчиликнинг олдини олишга қаратилган чора-тадбирлар кўриб чиқилган. Шунингдек, "Муассаса–маҳсулот–маҳалла" модели, ҳудудий касбий кўникмалар марказларини муассасаларга бириктириш ва хорижий давлатлар (Швеция, Нидерландия ва Хитой) тажрибаси таҳлил қилинган. Мақолада маҳкумларга сертификат бериш, уларнинг иқтисодий мустақиллигини таъминлаш ва касб-ҳунар мактаблари фаолиятини такомиллаштириш борасида аниқ таклиф ва тавсиялар илгари сурилган.

Акрамжон Турсунов

64-71

2025-07-31

FOOD SAFETY IN UZBEKISTAN AND BEYOND: CHALLENGES, SYSTEMS, AND GLOBAL STANDARDS

Food safety is a critical public health and economic concern globally. In Uzbekistan, recent legislative reforms, institutional restructuring, and capacity‑building efforts aim to align with Codex Alimentarius, HACCP, ISO standards, and WTO SPS measures. This article presents (i) conceptual frameworks and risk‑based management systems, (ii) Uzbekistan’s ongoing reforms—including new food safety law, laboratory upgrades, and FAO/ITC projects—and (iii) global strategies for hazard control. Finally, recommendations are offered on enhancing collaboration between public authorities, private sector and academia to ensure safe and sustainable food supply chains.

Akmal Rakhmankulov

72-75

2025-07-31