Центральноазиатский журнал академических исследований - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу международным ученым, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, казахском, таджикском, английском или русском языках и пройти тщательный процесс рецензирования.

Опубликован: 2025-05-06

MIGRATSIYA MUOMMOLARI VA UNING HUQUQIY TALQINI

Mazkur maqolada bugungi global dunyoda  migratsiya  jarayonlari tobora kuchayib bormoqda.Insonlar turli sabablar – iqtisodiy yetishmovchilik, siyosiy beqarorlik, tabiiy ofatlar yoki shaxsiy sabablarga ko`ra o`z yashash joyini tark etib, boshqa hududlarga ko`chib o`tmoqda. Bu holat, tabiiyki bir qator ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy muammolarni yuzaga keltirmoqda. Migratsiya bilan bog`liq muammolar ko`p qirrali bo`lib, ular orasida noqonuniy migratsiya, mehnat migrantlarining huquqlarining polmol qilinishi, yashash uchun zarur sharoitlarning yo`qligi va ijtimoiy integratsiya muammolari alohida o`rin tutadi.

Axmadova Muxlisa

5-7

2025-05-05

OVOZ APPARATI HIQILDOQNING OVOZ HOSIL QILISH FUNKSIYASI BOLALARDA OVOZNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Maqolada ovoz buzilishi sabablari, hiqildoqda ovoz hosil bo`lish jarayoni. Nutq hosil bo`lishida ovozning ahamiyati. Ovoz buzilishlarining kelib chiqish sabablari va mexanizmi. Bolalar ovozini rivojlantirish va tiklash metodikasi. Shuningdek, ovoz buzilishlari turli kasalliklarning simptoni sifatida namoyon bo`lishi haqida so`z boradi.

Baxromova Gulsanam Jasur qizi

8-11

2025-05-05

O‘ZBEK TILI LEKSIKASINING BOYISH MANBASI BO‘LGAN NEOLOGIZMLAR VA UNING TURLARI

Mazkur maqoladan ko’zlangan maqsad o’zbek tili leksikasining boyish manbasi bo’lgan neologizmlar va uning turlari haqida gap boradi.Bir qancha tilshunosh olimlarimiz tomonidan leksikologiyani tadbiq etish borasida bir qancha vazifalar belgilangan bo’lib, keying vazifa o’zbek tilining sistemaviy lug’atini tuzish etib belgilandi.Maqolada o’rganish obyekti etib o’zbek tili leksikasidagi o’zlashma so’zlar- neologizmlar olindi. Materiallar ,asosan ,eski va yangi nashrdagi “O’zbek tilining izohli lug’ati” dan hamda bir qancha lug’atlardan to’plandi.Ishga nazariy manba sifatida tilshunosligimizda bajarilgan monografiya va ilmiy maqolalardan foydalanildi.

Xudoynazarova Nasibaxon

12-16

2025-05-05

NUTQ KAMCHILIKLARINING TURLARI VA ULARNI BARTARAF ETISHDA KARREKSION PEDAGOGIK ISHLAR

Ushbu maqolada nutq buzilishlari-dizartiriya, dislaliya, alaliya, afaziya, rinolaliya, disleksiya,dudug’lanish kabi turlarga ajratilib,har birining xususiyatlari va yuzaga kelish omillari tahlil qilingan.Ushbu kamchiliklarni bartaraf etishda maxsus mashqlar,logopedik mashg’ulotlar,individual yondashuvlar,o’yin shaklidagi metodlar samaradorligi ko’rsatib berilgan.Shu bilan bir qatorda bularning o’zigina qolmay pedagog va logopedlarning o’zaro hamkorligi,ota-onalar bilan ishlashning ahamiyati ham alohida ta’kidlangan..

Ahmedova Maftuna Ilyosbek qizi

17-19

2025-05-05

PREDICTION OF CARDIOVASCULAR DISEASE THROUGH LINEAR REGRESSION USING ARTIFICIAL INTELLIGENCE.

The surge in cardiovascular diseases (CVDs) has become a global challenge with a steadily climbing trend of cardiovascular deaths from 12.1 million in 1990 to 18.6 million in 2019 [1, 2]. Risk prediction, a primary strategy in addressing this worldwide problem, has brought significant benefits to some developed countries through the improvement of the effectiveness of life intervention and reduction of economic burden [3, 4]. Therefore, risk prediction has been expected as an efficient way to achieve World Health Organization (WHO) goals for reducing CVD-related mortality by 25% by 2025, and some classic CVD prediction models (e.g., the Framingham [5] and SCORE [6], referred to as traditional models [T-Ms] in this study) has been incorporated into clinical guidelines by the European Society of Cardiology (ESC) and the American College of Cardiology/American Heart Association (ACC/AHA) [7, 8].

Yulduz Nadirova , Feruz Bobosharipov

20-29

2025-05-05

EMOTSIONAL ZO‘RIQISHLARNI KAMAYTIRUVCHI YONDASHUVLAR

Mazkur maqolada emotsional zo‘riqish (stress) tushunchasi va uni kamaytirish yo‘llari tahlil qilinadi. Emotsional zo‘riqish inson salomatligiga, ruhiy holatiga va kundalik faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli, uni oldini olish va yengillashtirish bo‘yicha samarali yondashuvlarni o‘rganish bugungi kunda muhim hisoblanadi. Maqolada kognitiv-behavioral terapiya, mindfulness, psixologik moslashuv (rezilyentlik), ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faollik kabi yondashuvlar ilmiy manbalar asosida bayon qilinadi. Har bir yondashuvning afzalliklari va amaliy qo‘llanilish imkoniyatlari muhokama qilinadi.

Jalalova Dilraboxon Kamaljanovna

30-32

2025-05-06

O’ZBEKISTON VA QOZOG’ISTON O’RTASIDA IQTISODIY MUNOSABATLAR

Ushbu maqolada O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar mustaqillik davri, ya’ni 1991–2025-yillar oralig‘ida yoritilgan. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab ikki davlat o‘zaro savdo, transport, energetika va investitsiya sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Maqolada 1990-yillar oxirida va 2000-yillar boshlarida yuzaga kelgan qiyinchiliklar, shuningdek, ikki tomonlama kelishuvlar, iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan muhim bitimlar tahlil qilinadi. Shuningdek, 2010-yildan so‘ng Markaziy Osiyoda integratsiya jarayonlari kuchayishi, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida savdo hajmining ortishi va yirik qo‘shma loyihalar amalga oshirilgani haqida so‘z yuritiladi. Maqola zamonaviy davrda, xususan, 2016-yildan keyingi O‘zbekistondagi ochiq tashqi siyosat va iqtisodiy islohotlar fonida, ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarning yangi bosqichga ko‘tarilgani va o‘zaro strategik sheriklik darajasiga yetgani haqida ham ma’lumot beradi. Tadqiqot tarixiy faktlar, rasmiy statistik ma’lumotlar va ikki tomonlama hujjatlar asosida olib borilgan.

Nurjahon Tangirova

33-37

2025-05-06

KAPALAK HAQIDAGI TEOREMA VA UNING TURLI ISBOTLARI

Maqolada matematikaning ajoyib teoremalaridan biri hisoblanuvchi Kapalak haqidagi teorema va uning turli isbotlari to‘g‘risida so‘z yuritilgan. Har bir isbotlash usuli qat’iy isbotlangan teoremalar yordamida keltirilgan.

Abjalilov Sanaqul Xoʻjamovich , Ashurova Dilfuza Nabiyevna , Sadikova Dilshoda Aminjon qizi

38-41

2025-05-06

ARAB DAVLATLARIDA AYOLLARNING ILM-FANGA QO‘SHGAN HISSASI OAV TIMSOLIDA

Ushbu maqolada arab davlatlarida ayollarning ilm-fan sohalaridagi ishtiroki, ularning yutuqlari va bu yutuqlarni ommaviy axborot vositalarida qanday yoritilayotgani tahlil qilinadi. Ayollarning ilmiy sohadagi faolligi nafaqat jamiyatdagi gender tenglikni ta’minlashga, balki iqtisodiy va ma’naviy rivojlanishga ham xizmat qilmoqda. Ayollarning ilm-fan sohasida to‘laqonli ishtirok eta olmasligi jamiyatdagi gender tengsizlik, an’anaviy qadriyatlar, iqtisodiy imkoniyatlarning cheklanganligi va ma’naviy me’yorlar bilan chambarchas bog‘liq. Maqolada ushbu omillarning har biri alohida ko‘rib chiqilib, ularni bartaraf etish yo‘llari taklif etiladi.

Elmuradova Dildora Erkinovna

42-44

2025-05-07

MUQOLOT TURLARI VA ULARNING LINGVOPRAGMATIK TASNIFI

Ushbu maqolada kommunikativ muqolotning tasvifi va tasnifi, shuningdek kommunikativ kompetentlikning muloqot muammolari aspektidagi mohiyat tavsifi, hamda muloqotning mexanizmlari va vositalarini muloqtning funksiyalari keltirilgan.

Xushnazarova Gulnoza Furxatovna

45-48

2025-05-07

STRESSNI BOSHQARISH

Ushbu maqola stressni boshqarishning turli usullarini o'rganadi va ular orqali stressning salbiy ta'sirini kamaytirish yo'llarini ko'rsatadi. Stress – zamonaviy hayotda keng tarqalgan va insonlar ruhiy va jismoniy salomatligiga ta'sir qiluvchi omildir. Maqolada jismoniy mashqlar, nafas olish texnikalari, meditatsiya, ijtimoiy qo'llab-quvvatlash va vaqtni boshqarish kabi stressni kamaytirishning samarali metodlari yoritiladi. Shuningdek, psixologik yondashuvlar, masalan, kognitiv-behavioral terapiya (CBT), stressni boshqarishda qanday yordam berishi haqida ham ma'lumotlar berilgan. Maqola stressni boshqarishning muhimligini tushuntirib, sog'lom hayot tarzini yaratishda ushbu usullarni qanday qo'llashni ko'rsatadi.

Baratullayeva Dilnoza Xabibullo qizi, Saidqulova Madinabonu Xabibullo qizi

49-51

2025-05-07

KAMPILOBAKTYALAR, XELIKOBAKTERIYALAR VA ULARNING AMALIYOTDAGI AHAMIYATI

Mazkur maqolada kampilobakteriyalar va xelikobakteriyalar to‘g‘risida ma’lumot beriladi. Bakteriyalarning umumiy tuzilishi, rivojlanish xususiyatlari, ularning inson va hayvon organizmidagi roli yoritilgan. Shu bilan birga, ushbu mikroorganizmlarning klinik amaliyotdagi ahamiyati, ularning sabab bo‘ladigan kasalliklari va tashxis qo‘yish usullari haqida to‘xtalib o‘tilgan. Profilaktika va davolash yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Maqola kampilobakteriyalar va xelikobakteriyalarning sog‘liqni saqlashdagi dolzarbligini ochib beradi va ularning mikrobiologiya hamda tibbiyot amaliyotidagi o‘rni tahlil qilinadi..

O‘roqova Muhayyo Abdukarimovna , Abdurasulova Sevinch Husanjonovna

52-54

2025-05-07

QONUNCHILIK TARTIBGA SOLISH TA’SIRINI BAHOLASH TUSHUNCHASI VA METODOLOGIYASI

Maqolada qonunchilik tartibga solishning ta’sirini baholashning tushunchasi va metodologiyasi tahlil qilinadi. Ushbu ilmiy ishda, qonunchilikning samarali ta’sirini aniqlash va baholashning metodologik asoslari, asosan, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy aspektlardan yondashiladi. Shuningdek, qonunchilik jarayonlarining samaradorligini o‘lchash uchun zarur bo‘lgan metrikalar va metodlar muhokama qilinadi. Maqola qonunchilikni samarali tarzda tartibga solish va ijtimoiy-iqtisodiy tizimga bo‘lgan ta’sirini yaxshilashga qaratilgan aniq tavsiyalarni taqdim etadi.

Jo'ramurodov Dilshod O'tkirovich

55-60

2025-05-07

QIDIRISH ALGARITIMLARI

Ushbu maqola qidiruv algoritmlarining paydo bo'lishi va rivojlanish tarixiga nazar tashlaydi hamda bugungi kunda eng ko'p qo'llaniladigan asosiy algoritmlarni chuqur o'rganadi. Maqolada ilk qidiruv usullaridan tortib, zamonaviy dasturlash tillari va ma'lumotlar bazalarida keng qo'llaniladigan samarali algoritmlarning evolyutsiyasi ko'rib chiqiladi. Chiziqli va ikkilik qidiruv kabi fundamental tushunchalar bilan bir qatorda, xeshlashning dinamik rivojlanishi va daraxtsimon qidiruv algoritmlarining turli xil ma'lumotlar tuzilmalaridagi o'rni tahlil etiladi. Maqola qidiruv algoritmlarining kompyuter fanidagi muhim ahamiyatini ochib beradi va kelajakdagi tendensiyalar haqida fikr yuritadi..

Abdullayev Shaxboz Solijon o‘g‘li, Adhamova Fotima Doniyorjon qizi

61-66

2025-05-10

MASOFAVIY TA’LIMDA FIZIKA FANIDAN AMALIY MASHG’ULOTLARNI AXBOROT TEXNOLOGIUALARI ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH

Maqolada masofaviy ta’lim sharoitida fizika fanidan amaliy mashg’ulotlarni tashkil etishning dolzarb jihatlari yoritiladi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaring ta’lim jarayoniga integratsiyalashuvi, virtual laboratoriya muhitlarining joriy erilishi va ularning samaradorlikka ta’siri ilmiy asosda tahlil qilinadi. Muallif tomonidan taklif etilgan yondashuvlar o’quvchilarning bilim darajasi va eksperimental ko’nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.

Bekniyozov Sarvar Qudratovich, Kamalova Dilnavoz Ixtiyorovna

67-68

2025-05-10

XORAZM VILOYATIDA IPOTEKA BOZORINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMOLAR VA ISTIQBOLLAR

Ushbu maqolada Xorazm viloyatida ipoteka bozorining bugungi holati tahlil qilinib, uni yanada rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasi va Xorazm viloyati misolida ipoteka bozorining hozirgi holati, ya’ni ajratilgan ipoteka kreditlari va shu bilan birga aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida ajratilayotgan ipoteka subsidiyalari tahlili qilinadi.

Bekchanov Islombek Rustmovich

69-73

2025-05-10

LOYIHALARDA RISK XAVFINI ANIQLASH VA BOSHQARISH

Ushbu  ilmiy  maqolada loyihalar  va risklarni  boshqarish  va  risk  xavfini  aniqlash  bo’yicha ilmiy  fikrlar  va qarashlar  bayon etilib , ularning  ilmiy  va nazariy  manbalariga alohida  urg’u  berilgan , taklif  va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Qodirov Farrux Ergash o‘g‘li, Qodirova Madina Elmurod qizi

74-79

2025-05-12

SAMARALI VA SAMARASIZ INVESTITSIYALAR

Ushbu  ilmiy  maqolada investitsiyalar ularning   samarali  va samarasiz omillari, ularning  ahamiyati  , moliyaviy  barqarorligi  haqida  ilmiy  nazariy bilimlar  manbai  keltirilib o’tilgan , taklif  va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Qurbonova Sevara Sanjar qizi

80-85

2025-05-12

LOYIHALARNI SAMARADORLIGINI TAHLIL QILISH

Loyihalarni samaradorligini tahlil qilish loyihaning maqsadlariga erishish darajasini, resurslardan foydalanish samaradorligini va kutilgan foydani keltirish qobiliyatini baholashga qaratilgan muhim jarayon. Ushbu maqolada loyihalarni samaradorligini tahlil qilishning asosiy bosqichlari, usullari va afzalliklarini ko'rib chiqiladi. Maqolada, shuningdek, tahlil jarayonida e'tiborga olish kerak bo'lgan muhim jihatlar, jumladan ma'lumotlarning sifati, ob'ektivlik va tashqi omillar tahlil qilinadi. Ushbu maqoladan maqsad loyiha menejerlari va manfaatdor tomonlarga loyihalarning muvaffaqiyatini baholash va kelajakdagi loyihalar uchun saboq olish imkoniyatini beruvchi amaliy qo'llanma taqdim etishdir. Xarajat-foyda tahlili, ROI va o'zgaruvchanlik tahlili kabi keng tarqalgan usullar misollar bilan yoritiladi. Maqola, loyihalarni samarali boshqarish va qaror qabul qilishni yaxshilash uchun ushbu tahlilning ahamiyatini ta'kidlaydi.

Qodirov Farrux Ergash o‘g‘li, Raximova Nigora Shuhrat qizi

86-90

2025-05-12

LOYIHALARGA INNOVATSIYALRNI JALB QILISH JARAYONLARI

Maqolada loyihalarga innovatsiyalarni jalb qilish jarayonlari tahlil qilinadi. Zamonaviy innovatsion yondashuvlar, ularning loyihalarning samaradorligiga ta’siri va amaliyotda qo‘llanilishi o‘rganiladi. Shuningdek, innovatsion texnologiyalar, investitsiyalar va menejment usullarining loyihalarga integratsiya qilinishi bo‘yicha ilmiy-tahliliy yondashuvlar yoritiladi.

Qodirov Farrux Ergash o‘g‘li, Sevinova Guloyim G'ulom qizi

91-95

2025-05-12

LOYIHALARGA INVESTITSIYALARNING JALB ETILISHI

Ushbu maqolada mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda investitsiyalarning keng jalb qilishning amaldagi holati tahlillari,kelgusida amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar, investitsiyalarni jalb qilishning asosoiy usullari,samarali strategiya yo’llari ko’rib chiqiladi.

Qodirov Farrux Ergash o‘g‘li, Sultonova Zahro Baxtiyor qizi

96-100

2025-05-13

TEXNOLOGIYA VA AN'ANAVIY MADANIYAT: YANGI IMKONIYATLAR VA MUAMMOLAR

Ushbu maqolada zamonaviy texnologiyalarning an'anaviy madaniyatga ta'siri, ularning uyg‘unligi va yuzaga kelayotgan muammolar tahlil qilinadi. Shuningdek, ilg‘or xorijiy tajriba asosida o‘qitish tizimining samaradorligi va uning milliy madaniyat bilan uyg‘unlashuvi yoritiladi.

Qodirov Farrux Ergash o‘g‘li, Xayrilloyeva Rushana Bo’ri qizi

101-105

2025-05-12

LOYIHALARGA INNOVATSIYALARNI JALB ETISH JARAYONLARI

Ushbu maqola loyihalarga innovatsiyalarni joriy etish jarayonining asosiy bosqichlari va muhim jihatlarini o'rganadi. Shuningdek, muvaffaqiyatli innovatsiya uchun zarur bo'lgan omillar, jumladan, rahbariyatning qo'llab-quvvatlashi, ochiq kommunikatsiya, moslashuvchanlik va mijozlarga yo'naltirilganlik kabi masalalar ham ko'rib chiqiladi. Maqolada loyihalarga innovatsiyalarni samarali joriy etish orqali raqobatbardoshlikni oshirish va loyiha qiymatini oshirish yo'llari ko'rsatib beriladi

Qodirov Farrux Ergash o‘g‘li, Xurramova Bibixonim Dilshod qizi

106-110

2025-05-12

ПРОЦЕДУРА ВОВЛЕЧЕНИЯ ИННОВАЦИЙ В ПРОЕКТЫ: ПОДХОДЫ И МЕТОДЫ.

В статье рассматриваются основные подходы к внедрению инноваций в проектную деятельность, анализируются этапы их вовлечения и факторы, влияющие на успешность инновационного процесса. Приводятся методы управления инновациями, способы оценки их эффективности в проектах, а также рекомендации по повышению результативности инновационных внедрений. Особое внимание уделяется цифровым технологиям и методикам адаптации инноваций в динамично изменяющейся среде.

Курбанова Умида Тешаваевна

111-116

2025-05-12

SAMARALI VA SAMARASIZ INVESTITSIYALARNI FARQLASH

Ushbu maqolada samarali va samarasiz investitsiyalarni farqlash va ularning omillari hamda asosiy kriteriyalari haqida ma’lumot berilgan

Qodirov Farrux Ergash o‘g‘li, Abdumurodova Sitora Mansur qizi

117-121

2025-05-12

LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISH

Loyihalarni moliyalashtirish – bu iqtisodiyotning rivojlanishiga yordam beruvchi muhim omillardan biri hisoblanadi .Ushbu maqolada loyihaalarni moliyalashtirishning turli manbalardan turli usullardan foydalangan holda amalga oshirilishini va afzalliklarini hamda qay darajada ahamiyat kasb etishi tahlil qilinadi

Qodirov Farrux Ergash o‘g‘li, Abdug’afforova Jannatoy Alijon qizi

122-125

2025-05-12

LOYIHALARDA XAVFNI ANIQLASH VA BOSHQARISH

Ushbu maqolada loyihalarda xavflarni aniqlash , ularning turlari, xavflarni boshqarish haqida ma’lumot berilgan.

Qodirov Farrux Ergash o‘g‘li, Nabiyeva Aziza Komil qizi

126-130

2025-05-12

SAMARALI VA SAMARASIZ INVESTITSIYALAR

Investitsiyalar samarali va samarasiz bo’lishi mumkin. Buning asosiy omillari qanday tadbirlar yoki strategiyalar tanlanganiga, bozordagi shart-sharoitlarga , mahsulot yoki xizmatlarga , hamda ularning rivojlanish qobiliyatiga bog’liq. Maqolada samarali va samarasiz  investisiyalarni tahlil qilib, ularning farqlari va xususiyatlarini  ko’rib chiqamiz.

Qodirov Farrux Ergash o‘g‘li, Nu`monova Xushnoza Shuhrat qizi

131-134

2025-05-12

INVESTITSIYALARNI JALB QILISH VA UNING SAMARADORLIGI

Ushbu maqola investitsiyalarni jalb qilish va ularning samaradorligini oshirish masalalarini o'rganishga bag'ishlangan. Investitsiyalar iqtisodiy o'sish va rivojlanishning muhim omili bo'lib, mamlakatlar raqobatbardoshligini oshirishda katta rol o'ynaydi. Maqolada investitsiya muhitiga ta'sir etuvchi omillar, investitsiyalarni jalb qilish strategiyalari va ularning samaradorligini baholash usullari tahlil qilinadi.

Qodirov Farrux Ergash o‘g‘li, Uroqova Orzigul Abdurazzoq qizi

135-139

2025-05-12

INVESTETSIYALARNI JALB QILISH VA UNING SAMARADORLIGI

Ushbu maqolada investitsiyalarni jalb qilish jarayoni , uning mamlakat iqtisodiy rivojlanishidagi o’rni va samaradorlik omillari tahlil qilinadi. Xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb qilishning strategik yo’nalishlari , ularning natijalari hamda investitsion muhitni yaxshilash bo’yicha  tavsiyalar beriladi..

Qodirov Farrux Ergash o‘g‘li, Gulrux Ostonova Shuxrat qizi

140-143

2025-05-12

CHUQUR KARYERLARDA AVTOSOMASVALLARNING ASOSIY USTUVORLIGINI BELGILOVCHI TEXNIK KO’RSATGICHLAR

Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olish davomida karyerning chuqurlashuvi barcha turdagi kon transport vositalarining ishlab chiqarish unumdorligining kamayishiga olib keladi, bunga asosiy sabab esa ish maydonining kichikligidir. Huddi shu shu kabi muamo karyer avtosomasvallarida kuzatiladigan asosiy holatlardan biri hisoblanadi. Avtosomasvallarning yuqori darajada yuk ko’tarish xususiyati yoki boshqa texnik ko’rsatgichalrining ustuvorligi har qancha baland bo’lmasin chuqur, ish maydoni kichik bo’lgan karyerlarda nisbatan kichik hajimdagi avtosomasvallardan foydalanishga majburmiz. Ammo shunday bo’lsada chuqur karyerlarda avtosomasvallarning asosiy ish unumdorligini, ustuvorligini belgilovchi texnik ko’rsatgichlar orqali ulardan keng miqyosda foydalanishda ba’zi ustunliklarga erishishimiz mumkin.

Abdujabborov Akmaljon Abdukarim o’g’li

144-148

2025-05-12

ЎЗБЕКИСТОНДА ИНТЕРНЕТ ТАРМОҒИНИ ҲУҚУҚИЙ ТАРТИБГА СОЛИШНИНГ ДОЛЗАРБ АҲАМИЯТИ

Мазкур мақолада глобал Интернет тармоғининг ўзига ҳос жиҳатлари, Ўзбекистонда ушбу тушунчанинг конституцион даражада эътироф этилганлиги, ривожланиш тенденциялари ҳамда ҳуқуқий тартибга солишнинг долзарб аҳамияти муаллиф томонидан баён этилган.

Ташматов Мансур Батирович

149-154

2025-05-12

КОРРУПЦИЯГА ОИД ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИДА ИЧКИ ИШЛАР ОРГАНЛАРИНИНГ ВАЗИФАЛАРИ

Мақола ички ишлар органларининг коррупцияга оид ҳуқуқбузарликлар профилактикасидаги вазифалари ва ролига бағишланган. Унда коррупциянинг ижтимоий-иқтисодий оқибатлари, унинг олдини олишда ички ишлар органлари томонидан қўлланиладиган усуллар ва қонунчийлик асослари кўриб чиқилади. Шунингдек, коррупцияга қарши курашишда ахборот технологиялари, таҳлилий усуллар ва жамоатчилик билан ҳамкорликнинг аҳамияти таъкидланади. Профилактика самарадорлигини ошириш учун замонавий ёндашувлар ва таклифлар таҳлил қилинади.

Хожиматов Илхомжон Махамадаминович

155-161

2025-05-12

ИЧКИ ИШЛАР ОРГАНЛАРИ ТОМОНИДАН АМАЛГА ОШИРИЛАДИГАН ҲАЁТГА ҚАРШИ ЖИНОЯТЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИ

Юртимизда шахсларнинг ҳуқуқлари, эркинликлари ва қонуний манфаатларини ҳамда мулкини турли ҳуқуқбузарликлардан ҳимоя қилиш, жамоат тартибини сақлаш ва жамоат хавфсизлигини, қонун устуворлигини, шахс, жамият ва давлатнинг хавфсизлигини таъминлашда, хусусан, ҳаётга қарши жиноятлар профилактикасини амалга оширишда ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлари тизимида ички ишлар органлари муҳим аҳамият касб этади.

Аллаёров Джура Хайкалович

162-168

2025-05-12

SYNTHESES BASED ON THE TELOMERIZATION REACTION

This article explores the synthesis of chemical compounds through telomerization reactions. Telomerization is a chain process involving the interaction between low-molecular-weight telogens and monomers under catalytic conditions, leading to the formation of products referred to as telomers. The article specifically examines the telomerization of unsaturated compounds with alcohols, aldehydes, and peroxides, highlighting the roles of radical and ionic mechanisms involved in these reactions. The industrial significance of telomerization is discussed, particularly its applications in the synthesis of high-performance solvents, plasticizers, and lubricants, as supported by scientific literature. The results demonstrate the potential of this synthetic approach for enabling innovative applications in the chemical industry.

S.Z. Khudayberganova, S.I. Nomozov, D.P. Radjibayev

169-178

2025-05-12

NUTQ USLUBLARI VA ILMIY USLUBGA XOS XUSUSIYATLAR

Ushbu maqolada nutq uslublari va ilmiy uslubga xos xususiyatlar keng qamrovli tarzda tahlil qilingan. Nutq uslubi odamlarning o’z fikrlarini, his-tuyg‘ularini, g‘oyalarini va bilimlarini ifodalashdagi til vositasi sifatida turli holatlarda va vaziyatlarda qanday ishlatilishini ko‘rsatadi. Maqolada rasmiy, norasmiy, ommaviy, adabiy va ilmiy uslublar haqida to’liq tushuncha berilgan. Ilmiy uslubning o’ziga xos xususiyatlari, uning aniq, ravshan va ob'ektiv bo’lishi zarurligi, mantiqiy tuzilish va maxsus ilmiy terminologiyaning ahamiyati alohida ta'kidlangan. Shuningdek, ilmiy uslubning boshqa nutq uslublaridan farqlari va o’xshashliklari ham muhokama qilingan. Maqola ilmiy ishlarda samarali nutq uslubidan foydalanish, ilmiy tahlil va tadqiqotlarni to’g’ri yozish va taqdim etishning ahamiyatini anglatadi

Aralova Madina Baxtiyor qizi

179-183

2025-05-12

THE ROLE OF STYLISTIC DEVICES IN SHAPING PUBLIC PERCEPTION THROUGH BRITISH NEWSPAPER HEADLINES

This study analyzes how stylistic devices in British newspaper headlines influence the interpretation of news stories and shape public opinion. It focuses on rhetorical techniques such as parallelism, irony, and antithesis, which are frequently used to emphasize key ideas, contrast opposing viewpoints, or offer a critique. The paper explores how these devices are employed to craft persuasive headlines that not only inform but also engage and persuade the audience

Madina Islomova

184-186

2025-05-12

LOYIHALARNI BOSHQARISHNING RIVOJLANISH HAQIDA

Ushbu maqolada Loyiha tuzish va uni boshqarish xizmatlarining ilmiy-nazariy asoslari va Loyiha boshqaruvining rivojlangan xorij amaliyoti o'rganib chiqilgan..

B.F.Ganixodjaev , Dolimov Hakimjon Abdumuminovich

187-190

2025-05-12

NARPAY TUMANINI QANDAY RIVOJLANTIRISH MUMKIN?

Ushbu maqolada tumanimizni rivojlantirish to’g’risidagi sa’y harakatlar va bu yo’lda  e’tibor berilishi kerak bo’lgan turli jabhalar haqida bir qancha takliflar berilgan.Hamda har qanday hududni va aholini rivojlantirish uchun ta’lim sohasi asosiy o’rinda turishi,bundan tashqari Narpay tumanida ta’limni rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan va amalga oshirilishi mumkin bo’lgan islohotlar haqida so’z boradi.

Fayzullayeva Dilorom Sanjarbek qizi, Sadinov Ma’ruf

191-193

2025-05-12

ETIKA VA ESTETIKA (AXLOQ PSIXOLOGIYASI)

Ushbu maqolada etika va estetika tushunchalari, ularning vazifalari hamda jamiyatdagi ularga bog’liq jihatlar, shu bilan birga axloq psixologiyasi mazmuni va mohiyati nimadan iborat ekanligi haqida bir qancha fikrlar keltirilgan..

Fayzullayeva Dilorom Sanjarbek qizi, Ma’ruf Sadinov

194-196

2025-05-12