Joriy son
Jild 5 Nomeri 10 (2025): Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям теоретических и прикладных наук в странах Центральной Азии. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для международных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках и пройти тщательную рецензию.
Nashr qilingan: 2025-10-06
Статьи
PROFILAKTIKA INSPEKTORINING HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI SOHASIDAGI VAKOLATLARI BORASIDA AYRIM MULOHAZALAR
Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasiga asoslanib, profilaktika inspektorining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqolada inspektorning mahalliy darajadagi kriminogen vaziyatni o‘rganish, huquqbuzarliklar sabablarini aniqlash va bartaraf etish, ijtimoiy reabilitatsiya va moslashtirish choralarini amalga oshirish, shuningdek, jamoatchilik bilan hamkorlikdagi roli muhokama qilinadi. Raqamli texnologiyalardan foydalanish va malaka oshirish borasida amaliy takliflar beriladi. Maqola ichki ishlar organlari faoliyatini takomillashtirish va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
2025-10-10
РАҚОБАТ ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУНЧИЛИК ИЖРОСИ УСТИДАН ПРОКУРОР НАЗОРАТИНИНГ МАҚСАДИГА ДОИР НАЗАРИЙ ҚАРАШЛАР
Мазкур мақолада рақобат тўғрисидаги қонунчилик ижроси устидан прокурор назоратининг мақсадига доир назарий қарашларга доир масалалар таҳлил этилган. Шунингдек, мақолада рақобат тўғрисидаги қонунчилик ижроси устидан прокурор назоратининг мақсади билан боғлиқ олимларнинг фикир ва мулоҳазалари ҳам ўрганилиб, тегишли таклиф ва тавсиялар берилган.
2025-10-13
MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA BO‘LAJAK INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHNING AHAMIYATI
Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tizimida bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini shakllantirishda ta’lim veb-resurslaridan foydalanishning samaradorligi yoritilgan. Tadqiqot davomida tajriba-sinov ishlari o‘tkazilib, veb-resurslar yordamida tashkil etilgan mashg‘ulotlarning talabalarning metodik, raqamli va kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishga ijobiy ta’siri aniqlangan. Shuningdek, o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligida raqamli savodxonlik, interfaol metodlar va innovatsion texnologiyalardan foydalanish zarurligi asoslab berilgan. Maqolada tajriba-sinov bosqichlari, o‘quv jarayonini tashkil etish mexanizmlari, shuningdek, “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili)” yo‘nalishida ta’lim mazmunini modernizatsiya qilishga oid tavsiyalar keltirilgan. Natijalar ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishda veb-resurslardan foydalanish samaradorligini tasdiqlaydi.
2025-10-13
RAQAMLI MAKONDA YOSHLARNI KIBER TA’QIBDAN HIMOYA QILISHNING HUQUQIY ASOSLARI VA AMALIY MUAMMOLARI
Ushbu maqolada raqamli makon sharoitida yoshlarni kiber ta’qibdan himoya qilish masalalari, kiberstalking tushunchasi va uning huquqiy mohiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, xorijiy davlatlar qonunchiligi misolida kiber ta’qibga qarshi kurashish tajribalari o‘rganilib, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.
2025-10-13
YASHIL IQTISODIYOTGA ERISHISHDA AYLANA IQTISODIYOTNING O‘RNI
Aylana iqtisodiyot — bu resurslardan samarali foydalanishni rag‘batlantiruvchi, chiqindilarni kamaytiruvchi va ekologik buzilishning oldini oluvchi barqaror rivojlanishning innovatsion yondashuvidir. Ushbu maqolada O‘zbekistonda yashil iqtisodiyot tamoyillarini shakllantirish va rivojlantirishda aylana iqtisodiyotning ahamiyati, uning nazariy asoslari, milliy siyosat vositalari hamda 2019–2024 yillarda erishilgan yutuqlar tahlil qilinadi. Tadqiqot sifat jihatdan adabiyotlarni tahlil qilish va siyosiy hujjatlar tahliliga asoslangan bo‘lib, O‘zbekistonning aylana iqtisodiyotga o‘tish jarayonini jadallashtirishga doir takliflar ilgari suriladi.
2025-10-13
ICHKI ISHLAR ORGANLARIDA FUQAROLARNING HUQUQ VA ERKINLIKLARINI HURMAT QILISH: XORIJIY TAJRIBA ASOSIDA AMALIY YONDASHUVLAR
Ushbu maqola ichki ishlar organlarining faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklarini hurmat qilish masalalarini xorijiy tajriba asosida ko‘rib chiqadi. Xalqaro standartlar, jumladan, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha umumiy deklaratsiyasi, Huquq-tartibot xodimlari uchun xulq-atvor kodeksi va Yevropa Kengashining Politsiya etikasi kodeksi tahlil qilinadi. AQSH, Yevropa Ittifoqi, Janubiy Afrika va boshqa mamlakatlardagi politsiya islohotlari misolida fuqarolar huquqlarini himoya qilish amaliyotlari o‘rganiladi. Maqsad – ichki ishlar organlari faoliyatida inson huquqlarining ustuvorligini ta’minlash va jamiyat ishonchini oshirish.
2025-10-14
КОММУНИКАТИВНАЯ КОМПЕТЕНТНОСТЬ ВОЕННОСЛУЖАЩИХ ОФИЦЕРОВ НАЦИОНАЛЬНОЙ ГВАРДИИ: ПОНЯТИЯ, СТРУКТУРА, СОДЕРЖАНИЕ
В статье анализируются понятия «коммуникативная компетентность», «профессиональная коммуникативная компетентность»; определения, структура и содержание данных понятий; их профессиональная значимость и необходимость формирования у офицеров Национальной гвардии.
2025-10-14
ФУҚАРОЛАРНИ НОҚОНУНИЙ МИГРАЦИЯ ВА ОДАМ САВДОСИДАН АСРАШНИНГ АЙРИМ МАСАЛАЛАРИ
Ушбу мақола ноқонуний миграция ва одам савдоси феноменларининг глобал ва миллий ўлчовлардаги муаммоларини таҳлил қилади. Фуқароларни ушбу хавфли жараёнлардан асрашнинг ҳуқуқий, ижтимоий ва ташкилий жиҳатлари кўриб чиқилади. Мақолада хусусан, миграциянинг сабаблари, одам савдоси қурбонларини ҳимоя қилиш механизмлари, давлат органларининг роли ва халқаро ҳамкорликнинг самарадорлиги муҳокама қилинади. Таҳлил натижасида фуқароларни асраш бўйича амалий тавсиялар берилади, шунингдек, О‘збекистондаги вазият ва реформалар мисол сифатида келтирилади. Мақола ҳуқуқшунослар, ижтимоий ишчилар ва давлат идоралари учун амалий аҳамиятга эга
2025-10-14
ФИРИБГАРЛИК ЖИНОЯТИНИНГ ПРОФИЛАКТИКАСИ БЎЙИЧА ЗАМОНАВИЙ МЕХАНИЗМЛАР ТАҲЛИЛИ
Мақолада фирибгарлик жиноятининг ижтимоий-ҳуқуқий моҳияти, унинг замонавий кўринишлари ҳамда профилактикасида қўлланилаётган илғор механизмлар таҳлил этилган. Шунингдек, Ўзбекистонда фирибгарлик жинояти профилактикасини амалга оширишда мавжуд тизимнинг афзалликлари ва камчиликлари кўрсатилган ҳамда самарадорликни оширишга қаратилган таклифлар илгари сурилган.
2025-10-20
PEACE DIPLOMACY IN INTERNATIONAL AND ISLAMIC LAW: ON THE EXAMPLE OF THE EXPERIENCE OF UZBEKISTAN
This article explores the concept and practice of peace diplomacy through the dual lenses of International law and Islamic law, focusing particularly on the experience of Uzbekistan. Both International and Islamic legal traditions regard peace as a fundamental objective of human coexistence and interstate relations. While International law institutionalizes peace through mechanisms such as the United Nations Charter, Islamic law embeds peace within its spiritual, moral and juridical framework. Uzbekistan, as a Muslim-majority state and an active participant in the international community, demonstrates a unique synthesis of these traditions through its proactive peace-oriented diplomacy, mediation initiatives and commitment to regional stability. The study concludes that Uzbekistan’s peace diplomacy exemplifies the compatibility of Islamic legal principles with modern international norms.
2025-10-20
ИЧКИ ИШЛАР ОРГАНЛАРИ ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИ ХИЗМАТЛАРИНИНГ ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАРНИ ОЛДИНИ ОЛИШДА ОММАВИЙ АХБОРОТ ВОСИТАЛАРИ БИЛАН ҲАМКОРЛИГИНИНГ ҲУҚУҚИЙ АСОСЛАРИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ
Мақолада ички ишлар органлари ҳуқуқбузарликлар профилактикаси хизматларининг ҳуқуқбузарликларнинг олдини олишда оммавий ахборот воситалари билан ҳамкорлигининг ҳуқуқий асосларини такомиллаштириш хусусида фикр юритилиб, мазкур фаолиятни янада самарали ташкил этишга оид таклифлар ҳамда тавсиялар билдирилган.
2025-10-21
SPORT BO‘YICHA AGENTLAR FAOLIYATINI HUQUQIY TARTIBGA SOLISHGA QARATILGAN XALQARO QOIDALAR VA RIVOJLANGAN XORIJIY DAVLATLARNING TAJRIBASI HAMDA ULARNI MILLIY QONUNCHILIKKA IMPLEMENTATSIYA QILISH ISTIQBOLLARI
Maqola sport sohasida agentlar faoliyatini huquqiy tartibga solishga qaratilgan xalqaro qoidalar va rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda sport agentlari faoliyatini tartibga soluvchi xalqaro standartlar, shu jumladan FIFA, UEFA va boshqa tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan normalar tahlil qilinadi. Shuningdek, AQSH, Yevropa Ittifoqi va boshqa davlatlardagi amaliyotlar, ularning qonunchilik bazasi va samaradorligi ko‘rib chiqiladi. Maqolada ushbu tajribalarni O‘zbekiston milliy qonunchiligiga implementatsiya qilish imkoniyatlari va istiqbollari muhokama qilinadi, mavjud muammolar va ularning yechimlari ko‘rsatiladi.
2025-10-22
